Turkiya oliy ta'lim muassasalari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida turli xil loyihalar doirasida xalqaro hamkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Professor-o'qituvchilar almashinuvi, ularning tajribasini oshirish kabilar shular jumlasidan. Bugun, 19-avgust kuni institut "Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari" kafedrasining 1 nafar dotsenti Sunnatillo Rahmonov Turkiyaning Mehmet Akif Ersoy universitetida ilmiy stajirovka o'tash hamda ma'ruza o'qish uchun yuborildi.

.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
