Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda Samarqand davlat chet tillar institutining xalqaro til bilish darajasi C1 bo‘lgan volontyor professor-o‘qituvchilar, xorijda tajriba oshirgan doktorantlari tomonidan fransuz tili ikkinchi til sifatida o’qitilmqoda.
Bugun, 26-avgust kuni 32-maktabda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov va institut mas’ullari hamda fransuz tili yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida fransuz tilini ikkinchi til sifatida o’rganayotgan o’quvchilar uchun seminar tashkil etildi.
Unda institut rektori Ilhomjon To’xtasinov maktabda fransuz tilini o’qitishning davom etishi, dars mashg’ulotlarini olish borish jaroyoni, farnsuz tilida tahsil olayotgan talabalarning yutuqlari to’g’risida nutq so’zlari.
Jumladan, Erasmus+ loyihasi doirasida Fransiyaning Puatye universitetiga tahsil olishga yuborilayotgan institut talabalari fransuz tili yo’nalishini tanlaganligi, bugungi kunda esa yutuqlari evaziga Fransiyaga tahsil olishga borayotganligi haqidagi taassurotlari, fikr-mulohazalarini o’quvchilar bilan o’rtoqlashishdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
