Misrlik Hashem Esmail Hammam Ali Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillardan buyon arab tili o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatib keladi. Kuni kecha, 4-sentabr kuni respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yiliga start berildi.

Bugun, 5-sentabr kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov xorijlik mutaxassis Hashem Esmail Hammam Ali bilan uchrashuv o’tkazdi va kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida fikr-mulohaza almashdi hamda o’quv jarayoni davomida amalga oshiriladigan loyihalar, rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-05 20:35:30 154