Rektor Ilhomjon To’xtasinov misrlik Hashem Esmail Hammam Ali bilan yangi o’quv yili uchun rejalarni belgilab oldi

Misrlik Hashem Esmail Hammam Ali Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillardan buyon arab tili o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatib keladi. Kuni kecha, 4-sentabr kuni respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yiliga start berildi.

Bugun, 5-sentabr kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov xorijlik mutaxassis Hashem Esmail Hammam Ali bilan uchrashuv o’tkazdi va kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida fikr-mulohaza almashdi hamda o’quv jarayoni davomida amalga oshiriladigan loyihalar, rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-05 20:35:30 155