Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta‘lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta‘lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Portsmot universitetining Ta'lim, tillar va tilshunoslik maktabi direktori professor Stephen Corbett hamda direktor o'rinbosari Marjorie Huet-Martinlar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi va instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov qabulida bo’ldi.

Unda tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelgusida jadal ravishda davom ettirish kabi masalalar muhokama qilindi. Jumladan, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, o'qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo'nalishlarda loyihalarini amalga oshirishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-22 19:15:41 262