Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov institutda tahsil olayotgan doktorant, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda kelgusida doktorantlarga yana-da yaxshiroq shart-sharoitlar yaratish, yangi qurilgan binoda doktorantlar ilmiy tadqiqot olib borishlari uchun imkoniyat yaratish rejalari, 2-3 bosqichda tahsil olayotganlar dissertatsiyasining bajarilish holati hamda muddatidan oldin himoya qilganlar institut tomonidan rag‘batlantirishi aytib o‘tildi.

Ahamiyatlisi, kelgusida o‘qish muddati tugaguncha himoyaga chiqmasa, doktorantlar stipendiyasi va uning ilmiy rahbariga berilgan ish haqqi qaytarilishi bo‘yicha hukumat tomonidan loyiha va takliflar tayyorlanayotganligi va bu masala yuqori turuvchi tashkilotlarning kun tartibida ekanligi alohida ta’kidlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-12 17:17:44 257