Joriy yilning 26-aprel kuni Samarqand shahrida o'tkaziladigan muhim jarayon, ya'ni “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda Samarqand davlat chet tillar institutining 150 dan ortiq professor-o’qituvchilari hamda tajribali talaba-yoshlaridan iborat tarjimon volontyorlar jamoasi xorijlik mehmonlarga hamrohlik qilishi belgilangan.
Bugun, institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov jarayonga jalb etiladigan tarjimon-volontyorlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda yurtimizda bo’layotgan siyosiy jarayonlar, iqtisodiy o’sish, turizmni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, tarixiy obidalar haqida yetarli ma‘lumotga ega bo‘lish, yurtimizda o’tkazilayotgan xalqaro tadbirlar xususida xabardor bo’lish yuzasidan tarjimonlarga batafsil ko’rsatmalar berildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
