9-may – Xotira va qadrlash kuni. Ushbu kun keng ma’noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda insonni qadrlash kuni hamdir.
Shu munosabat bilan bugun, 8-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.
— Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bizda an’anaga aylangan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib, fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish esa eng oliy vazifamizdir deya ta’kidlaydi – Fazliddin Ro‘ziqulov.
Tadbir davomida institutda mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada hamda olamdan o’tgan ustoz professor-o’qituvchilar xotirasi yodga olindi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, milliy raqs hamda qo’shiqlar ishtirokchilarga havola etildi. O‘tganlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi va tadbir bir piyola choy ustida davom etdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
