Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida bugungi kunda o’quv binolari hamda talabalar turar joylarini mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom etib kelmoqda. 

Hozirda institutda jami 5 ta talabalar uchun turar joy binolari mavjud bo’lib, bugun, 8-may kuni foydalanishga yaroqsiz bo’lib turgan 1 ta talabalar turar joyi 10 milliard mablag’ evaziga mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib, xotira va qadrlash kuni munosabati bilan foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot uchun, mazkur 200 o'rinli talabalar turar joyi ikki yarusli kravatlar o'rnatish evaziga 350 o'ringa moslashtirildi va barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlandi. Unda talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun tikuvchilik va kutubxonlar hamda sport bilan muntazam shug’ullanishlari uchun fitness va trenajor zallari ham tashkil etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-05-08 19:57:04 461