Joriy yilning 12-sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abduraxmonovlar tomonidan Buxgalteriya va reja-moliya bo'limlari xodimlari ishtirokida ogohlantiruv profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 05-iyundagi "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi  931-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi "Davlat xaridlari to'g'risida"gi  684-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli Qarori  to'g'risida batafsil axborot berildi.

Yig'ilish davomida xodimlar institutning ichki-tartib va odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilishlari, o‘z vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari, korrupsion xatti-harakatlarga toqatsiz bo'lishlari alohida ta'kidlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-13 16:46:42 56