Joriy yilning 12-sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abduraxmonovlar tomonidan Buxgalteriya va reja-moliya bo'limlari xodimlari ishtirokida ogohlantiruv profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 05-iyundagi "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi 931-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi "Davlat xaridlari to'g'risida"gi 684-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli Qarori to'g'risida batafsil axborot berildi.
Yig'ilish davomida xodimlar institutning ichki-tartib va odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilishlari, o‘z vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari, korrupsion xatti-harakatlarga toqatsiz bo'lishlari alohida ta'kidlandi.

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
