Joriy yilda Samarqand davlat chet tillar institutiga Angliyaning London Metropoliten Universiteti va University College London (UCL) professori Aleks Krouglov tashrif buyurdi. Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, talabalar va professor Aleks Krouglovlar ishtirokida 6-yanvar kuni “Sinxron tarjima mahoratini oshirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilib borilmoqda. Mazkur jarayon 10-yanvarga qadar davom etadi.
Seminar-treninglar davomida sinxron tarjima sirlari, tarjima jarayonida ahamiyatli jihatlar, tarjima davomida so‘z qo‘llash mahorati hamda talabalarning tarjimashunoslik tajribalarini oshirish kabilar haqida fikr-mulohaza va takliflar ishtirokchilar tomonidan bildirib o‘tilmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





