Ta’tilga chiqqan institut talabalarini 2 oy davomida oylik ish bilan ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkzish maqsadida joriy yilning 3-iyun kunida Samarqand davlat chet tillar institutida rektor I.M.Tuxtasinov tashabbusida “Bunyodkor yoshlar otryadi” tashkil etildi.
“Otryad asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar jamoasidan tashkil topgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad institut hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarida, shuningdek, qabul jarayonlarida ham talabalar bevosita ishtirok etib, o‘zlarining mehnatlari samarasini ko‘rsatishga qaratilganligini aytib o‘tishimiz mumkin. Bunda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi, jumladan, institutimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari bevosita mazkur tashabbusda ishtirok etishmoqda” dedi yoshlar bilan ishlash bo‘yisha prorektor O.M.G‘aybullayev.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







