Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti hamkorligida tashkil etilgan “2+2” shaklidagi (bakalavriat) qo’shma ta’lim dasturlariga imtihon kunlari joriy yilning 3-4-noyabrida bo’lib o’tishi belgilandi.
Xabaringiz bor, “City University of Malaysia” universiteti hamkorligida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili”, hamda “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etildi. Ushbu yo’nalishlarning har biriga 30 tadan qabul kvotalari ajratildi.
2020/2021 o’quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari institutning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirildi. Joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar ushbu qoʼshma taʼlim dasturlariga jami boʼlib 687 ta arizalar qabul qilindi. Shundan “Filologiya va tillarni oʼqitish: ingliz tili”ga 365 ta, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili”ga 322 ta arizalar qabul qilindi.
Bugun, 3-noyabr kuni “Filologiya va tillarni o’qitish ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturi uchun kirish imtihon jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Imtihon jarayoni sanitariya-gigiyena qoidalari hamda karantin qoidalariga to’liq amal qilingan holda tashkil etildi.
Eslatib o’tamiz. Ertaga, 4-noyabr kuni “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturiga kirish imtihonlari bo’lib o’tadi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





