Malayziya: Qo’shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari bo’lib o’tmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti hamkorligida tashkil etilgan “2+2” shaklidagi (bakalavriat) qo’shma ta’lim dasturlariga imtihon kunlari joriy yilning 3-4-noyabrida bo’lib o’tishi  belgilandi.

Xabaringiz bor, “City University of Malaysia” universiteti  hamkorligida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili”, hamda “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etildi. Ushbu yo’nalishlarning har biriga 30 tadan qabul kvotalari ajratildi.

2020/2021 o’quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari institutning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirildi.  Joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar ushbu qoʼshma taʼlim dasturlariga jami boʼlib 687 ta arizalar qabul qilindi. Shundan “Filologiya va tillarni oʼqitish: ingliz tili”ga 365 ta, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili”ga 322 ta arizalar qabul qilindi.

Bugun, 3-noyabr kuni “Filologiya va tillarni o’qitish ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturi uchun kirish imtihon jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Imtihon jarayoni sanitariya-gigiyena qoidalari hamda karantin qoidalariga to’liq amal qilingan holda tashkil etildi.

Eslatib o’tamiz. Ertaga, 4-noyabr kuni “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” qo’shma ta’lim dasturiga kirish imtihonlari bo’lib o’tadi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

"Yosh jurnalist" klubi a'zosi Zulxumor Xasanova

Share:
2020-11-03 10:10:00 110