Bugun, 1-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari,

— Institutda fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashning ahvoli,

— Ingliz tili-I hamda Ingliz tili-II  fakultetlarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy soha hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar,

— Institutda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyati, 

— Institutda professor-o‘qituvchilarining xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida,

— Institutda sport-sog‘lomlashtirish ishlarining ahvoli va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari,

— Xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishining ahvoli hamda “Moodle” tizimini joriy etishni takomillashtirish borasidagi ishlar,

— Institut kafedralarida o‘tkazilayotgan professor-o‘qituvchilarning ochiq darslari tahlili,

— Institutda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi,

— Iqtidorli talabalar, magistrantlar safidan Prezident hamda Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish,

— Institut til o‘rgatish markazida olib borilayotgan  o‘quv va ma’naviy ishlarning ahvoli kabilar.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-07-01 16:25:00 127