Bugun, 1-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari,
— Institutda fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashning ahvoli,
— Ingliz tili-I hamda Ingliz tili-II fakultetlarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy soha hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar,
— Institutda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyati,
— Institutda professor-o‘qituvchilarining xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida,
— Institutda sport-sog‘lomlashtirish ishlarining ahvoli va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari,
— Xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishining ahvoli hamda “Moodle” tizimini joriy etishni takomillashtirish borasidagi ishlar,
— Institut kafedralarida o‘tkazilayotgan professor-o‘qituvchilarning ochiq darslari tahlili,
— Institutda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi,
— Iqtidorli talabalar, magistrantlar safidan Prezident hamda Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish,
— Institut til o‘rgatish markazida olib borilayotgan o‘quv va ma’naviy ishlarning ahvoli kabilar.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain








