2021/2022 oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan va pastdagi jadvalda batafsil koʻrsatilgan.
Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning hozirdan, ya’ni 14-sentabridan 23-sentabriga qadar davom etadi.
Abituriyentlar, bizda quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlari mavjud:
Bakalavriat uchun
Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.
Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.
Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.
Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.
Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafarni tashkil etadi.
Magistratura mutaxassisligi uchun
Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.
Qoʻshma ta’lim dasturlariga arizalarni qabul qilish anketa.samdchti.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi.
Ariza topshirishda pasport va diplomingizning PDF yoki JPEG shaklidagi nusxalarini kiriting. Hujjat topshirayotganda hujjatlarni toʻliq (diplom ilovasi bilan) yuklanganligiga ishonch hosil qiling, agar hujjatlar toʻliq yuklanmagan boʻlsa, arizaningiz qabul qilinmaydi.
Eslatib oʻtamiz: Qo’shma dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni institutning “Axborot xizmati” telegram kanali orqali kuzatib borasiz.
Qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirish yo'riqnomasi
Qo'shma ta'lim dasturlari haqida batafsil ma'lumot
Batafsil maʼlumot uchun telefon:
+998933562802
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

