Joriy yilning 5-iyun sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida tor doiradagi navbatdagi 8-9 sonli ilmiy Kengash yig’ilishi ZOOM dasturi orqali karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi va unda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
O’zR Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig’ilishi qarorlari va buyruqlari, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;
Ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilarni munosib rag’batlantirish;
Talaba-yoshlar bilan birgalikda ma’naviy va ma’rifiy sohaning samarali davom etayotganligi;
Mazkur o’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash hamda bitiruvchi bosqich talabalarining to’liq ish bilan ta’minlanishi;
Institut talabalarini xalqaro va respublika fan olimpiyada musobaqalariga tayyorlash;
Tashkil etilayotgan qo’shma ta’lim dasturlar faoliyatini muvaffaqiyatli yo’lga qo’yib olish kabilar.
Shu jumladan, ilmiy unvon va ilmiy darajaga erishgan tadqiqotchi professor-o’qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




