Samarqand davlar chet tillar instituti

2019/2020 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar instituti va AQSHning Vebster universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisligida 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. Mana bugungi kunda ushbu dargohda 1 yil davomida tahsil olgan 25 nafar qaldirg’och magistrantlar o’qishini tamomladi. 


Ushbu magistrantlar o’quv jarayoni davomida AQSHlik hamda mahalliy tajribali professor-o’qituvchilardan ta’lim olishdi. Shuningdek, universitet bitiruvchilari hisoblangan magistrantlar endilikda O’zbekistonda ham AQSHda ham o’z faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin bo’ladi. Chunki ularga shunday darajadagi diplom beriladi. Biz ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat hamda omad yor bo’lishini tilaymiz.


Ma’lumot uchun ta’kidlab o’tamiz, 2020/2021 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida Vebster universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu ta’lim yo‘nalishiga, ya’ni MA-TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” dasturiga 60 nafar abituriyent qabul qilinadi. 


Qabul shartlari bilan tanishish:
/yangiliklar/1936 

___________
SamDCHTI Axborot xizmati 

Share:
2020-07-16 23:15:00 105