2018-yilning 1-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy kon sanoati va texnologiyalari universiteti professori Li Szyantao va ekspert Vang Ley hamda mazkur universitetning talabalaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni SamDCHTI rektori, I.M.Tuxtasinov, хalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, O.Yгsupov, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Liu Taolar kutib olishdi. Xitoy kon sanoati va texnologiyalari universiteti professorlari va institut rektori o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar, qisqa muddatli kurslar tashkil etish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Rasmiy uchrashuvdan so‘ng mehmonlar SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy Instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
2018-09-01 15:40:00
83
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







