Joriy yilning 3-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili – II fakultetida talabalar bilan “ZOOM” dasturi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev, fakultet dekani O.Yusupov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Hakimov hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilganligi hamda ayni damda keng jamoatchilik tomonidan loyihaga turli xil takliflar hamda mulohazalar bildirilayotganligi, shuningdek, ushbu farmonning mazmun-mohiyati jarayon doirasida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev tomonidan ishtirokchilarga yetkazildi.
Jumladan, jarayon davomida o’zbek tili bayrami munosabati bilan o’tkazilgan “Ona tilim – jon-u dilim” onlayn ko’rik tanlovining g’oliblari ham aniqlanib, fakultet rahbariyati tomonidan munosib ravishda taqdirlanishdi (Albatta, sovrinlari talabalarning o’zlariga yetkaziladi).
Tanlov g’oliblari quyidagilar:
Videoroliklar bo'yicha
1-o'rin
201- guruh o'zbek XTA
229- guruh o'zbek XTA
2- O'rin
202- guruh kechki MBT Cho‘liyeva Dilbar Amon qizi
207- guruh kunduzgi MBT Shirinqulova Dilnavoz
3- O'rin
207-o’zb kunduzgi XTA guruh talabasi O'rozboyeva Gulnoza Voxidjon qizi
413- o’zb kunduzgi XTA guruh Ibragimova Sitora
She'rlar bo'yicha
1- o'rin 203-guruh MBT yo'nalishi talabasi Xuramova Malika.
2 - o'rin 414- guruh talabasi Karimov Ilhom
Yosh jurnalist Zulxumor Xasanova
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







