Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Dunyoda munosib o‘ringa ega bo‘lib, jadal rivojlanayotgan davlatimiz istiqboli yanada porloq bo‘lsin. Hammamiz musaffo osmon, tinch yurt, istiqbol sari olg‘a qarab ketishimizda, farzandlarimizni intellektual salohiyatli etib tarbiyalashimizda, yurtimiz ravnaqi yo‘lida chin saodatga eltgan Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilaylik.
Fidoyi bo‘lib, oliy ta’lim tizimining rivojlanishiga elim deb, yurtim deb sidqidildan samarali faoliyat ko‘rsatadigan, yuksak marralarni ko‘zlab harakat qiladigan haqiqiy vatanparvar yoshlar tarbiyasi bizning qo‘limizda.
Ta’lim sohasidagi bugungi innovatsion, axborot asrida jahon hamjamiyatiga mos kadrlarni tayyorlash, istiqbolli kelajak barpo etish, zamon bilan hamnafas qadam tashlashga, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash yo'lida hamjihat bo‘laylik.
Ta’limga oid islohotlar, loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlari davlatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bugungi zamon yoshlarini maqsadli va samarali, fidokorona ruhda tarbiyalashimiz lozim. Zero, ulug‘, qudratli kelajakning porloq poydevorini tarbiyali, ilmli, intellektual yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ularning bandligini ta’minlab, yot g‘oyalar ta’siridan himoya eta olsak, marra bizniki bo‘ladi.
Bugungi kunda ta'lim tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etishga alohida urg‘u berilmoqda.
Respublikamizda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar faoliyatini rag‘batlarnirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, xorijiy tillarni o‘qitish va dunyo hamjamiyatiga ildam qadamlar tashlash zamon talabidir.
Buyuk yurt, muqaddas Vatanimizda tug‘ilgan allomalarga munosib voris bo‘laylik, aziz jamoa!
Barchangizni bugungi qutlug' kun, ya'ni institutimiz tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Yurtimiz obod bo‘lsin, dasturxonimiz risqqa to‘lsin, fayzli hayotimizni doimo yorug‘ nurlar munavvar etsin!
SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain

