Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Bugun, 12-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Stipendiya komissiyasi” a’zolari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda institutdagi iqtidorli, yetim, chin yetim, nogironligi boʼlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda “Temir daftar” roʼyxatidagi oilalar farzandlari boʼlgan talabalar bilan ZOOM dasturi orqali suhbatlashildi hamda kelib tushgan murojaatlarga ko’ra moddiy yordamga ehtiyoji bor talabalarni qo’llab quvvatlash yuzasidan fikr hamda takliflar keng muhokama qilindi.

Jumladan, kuni kecha Payariq tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oladigan 3 nafar talaba moddiy imkoniyati cheklanganligi sababli to'lov-shartnoma mablag'larini amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi bo'yicha qilgan murojaatlari institut "Stipendiya komissiyasi" tomonidan atroflicha o'rganilib chiqildi hamda ularning murojaatlari ijobiy hal etilib, har biriga to'lov-shartnomalarini amalga oshirishlari uchun  institut tomonidan 1 284 000 so'mdan pul mablag'lari o'tkazilib beriladigan bo'ldi.

Ma’lumot sifatida keltirib o’tamiz. Joriy yilda respublikamizdagi baʼzi oliy taʼlim muassasalarini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 3-dekabridagi “Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimiga oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 967-sonli qaroriga asosan oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimiga oʼtish tartibi joriy etildi.

Tajriba-sinov tariqasida oʼtkazilayotgan ushbu tizim oʼnta oliy taʼlim muassasasiga yuklatildi. Shulardan biri – Samarqand davlat chet tillar instituti hisoblanadi. Sababi, sohaga boʼlgan ehtiyoj borgan sari ortib bormoqda. Endi oʼzini oʼzi moliyalashtirayotgan OTMlar oʼz muammolarini mustaqil bartaraf etishga haqli boʼladi. Lekin bu toʼliq mustaqil boʼldi, degani emas. Oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimining yana bir afzalligi “Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimiga oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qarorning oltinchi boʼlimi “b” bandiga asosan institut kelajakda topadigan daromadlardan iqtidorli, kam taʼminlangan oila farzandlari boʼlgan talabalarni qoʼllab-quvvatlash, ularga moddiy yordam berish, ragʼbatlantirish imkoniyatiga ega boʼladi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisi toʼlov qobiliyatining pasayganligi hisobga olinib, Samarqand davlat chet tillar institutida farzandi toʼlov-kontrakt asosida oʼqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʼllab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy holati hamda moddiy yordamga ehtiyoji borligi fakultet va yoʼnalishlar kesimida institut ishchi guruhi tomonidan oʼrganilib chiqildi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tashabbusi bilan institutdagi iqtidorli, yetim, chin yetim, nogironligi boʼlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda “Temir daftar” roʼyxatidagi oilalar farzandlari boʼlgan talabalar roʼyxati shakllantirildi. Shuningdek, 8 nafar chin yetim va nogironligi boʼlgan talabalarning har biri 34 foiz, 13 nafar “Temir daftar”ga kiritilgan talabalarning har biri 27 foiz, 43 nafar yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan talabalarning har biri 22 foiz, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va jamoat ishlarida faol boʼlgan talabalarning har biri 54 foiz jami 67 nafar talabalarning kontrakt toʼlovlari toʼlab berildi va moddiy jihatdan qoʼllab-quvvatlandi.

Moddiy tomondan koʼmak berilgan ushbu talabalarga bazaviy stipendiya summasining 3 baravaridan 8 baravarigacha boʼlgan miqdorida kontrakt hamda budjet mablagʼlari hisobidan jami 104 860 000 soʼm pul mablagʼlari toʼlab berildi.


SamDCHTI Аxborot xizmati

Share:
2020-11-12 17:55:00 106