“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq Samarqand shahar xalq ta’limi tizimida ta’limning sifat va samaradorligi, uning mazmunini boyitish yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti AQSH elchixonasining 2020/2022 yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship Program” maktab o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘rgatish loyihasini qo‘lga kiritdi. Mazkur loyiha Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan.
Loyihani amalga oshirish maqsadida institut Samarqand shahridagi 2, 8, 9, 30 umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamqorlik shartnomasini imzoladi. Shartnomada pedagog-xodimlar malakasini oshirish, respublika va xalqaro miqiyosda anjumanlar, seminarlar, treninglar o‘tkazish, o‘qitishning interaktiv, masofaviy turlarini ishlab chiqish hamda maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili mashg‘ulotlarini bepul o‘rgatish kabilar o‘z aksini topgan.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain










