Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida"gi qarori xalqimiz ko'nglidagi niyatning yorqin ifodasi bo'lib, qarorda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomini abadiylashtirish maqsadida yurtimizning bir qancha diqqatga sazovor joylariga Buyuk Yo'lboshchimizning nomini berish, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida u kishining haykalini o'rnatish belgilab qo'yilgan.

30-yanvar Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xotira kechalari o'tkazilayotir. 

Aynan shu munosabat bilan 2021-yilning 30-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Ingliz tili-II fakulteti tashabbusida “Xotirangiz barhayot, siz azizsiz, bobojon!” mavzusida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Jarayonda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg’alar hamda diplomlar topshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-01-30 18:40:00 102