Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 17-fevral kuni XXVI spartakiadasining 2-tur, “Stol tennisi” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi. Musobaqani Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning o’zi ochib berdi va talabalarda ko’tarinki kayfiyat hamda ruhiyatni uyg’otish maqsadida birinchi o’yinni o’zi boshlab berdi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu bosqichda faxrli birinchi o‘rinni Ingliz tili-I fakulteti jamoasi, ikkinchi faxrli o‘rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi, uchinchi faxrli o‘rinni Roman-german tillari fakulteti jamoalari egallashdi.
Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngil ochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir. Agar siz ushbu musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, keyingilarida, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya etamiz.
Navbatdagi musobaqa sportning “Valeybol” turi bo’yicha 2021-yilning 24-fevral kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain









