Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir.

Mashaqqatli urush yillari Zulfiyaning iqtidori butunlay ravnaq topadi va o‘ta yorqin tus oladi: uning she’rlarida vatanparvarning serg‘ayrat ovozi jaranglaydi, Vatani mustaqilligi uchun qo‘liga qurol olib kurashayotganlarga, har kunlik chuqur kurash ortida mashaqqatli mehnati ila frontni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlayotganlarga nisbatan lirik iliqligi seziladi.

Zulfiyaning qoyilmaqom ijod mehnatiga ko‘p yillar bo‘ldi, respublika hayoti va uning xalqi taqdirida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, lekin sevgining alangali kuchi bugun ham o‘quvchining qalbini isitadi, yuragini va ongini hayajonlantiradi.

Bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabatda joriy yilning 24-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Shaydoyingman she’riyat” shiori ostida tantanali katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi va Zulfiyaning oliyjanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiati va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ulari hamda kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi to‘g’risida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, jarayon davomida institut talabalari Zulfiya ijodidan namunalar keltirishdi hamda tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbirni tashkil etishda tashabus ko‘rsatgan Ingliz tili-I fakultetiga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirilidi. Jumladan, jarayonda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-02-24 14:35:00 356