Samarqand davlat chet tillar institutida Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov Italiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida bir nechta takliflarini bildirib o‘tdi. Jumladan, hamkorlikda 2+2 hamda 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda italyan tilini rivojlantirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutiga italyan tili mutaxassislarini jalb etish, elchixona ko‘magida professor-o‘qituvchilarning Italiyada malaka oshirishlarini tashkil etish, shuningdek, hamkorlikda turli xil ilmiy va amaliy konferensiyalar tashkil etish kabilar shular qatoridan.
Jumladan, uchrashuvdan so‘ng institut faollar zalida “Italyan tili va madaniyati markazi” tashkil etilganligining 22 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda turli xil sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar talabalar tomonidan italyan tilida ijro etildi.
“Ko‘rsatilgan mehmodo‘slik hamda italyan tili va madaniyatining o‘zbekistonlik yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotganligi menda cheksiz taassurot qoldirdi va men buning uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, ikkala millat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga astoydil harakat qilamiz”, – deydi tadbir so‘ngida elchi janoblari Agostino Pinna.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain















