Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun onlayn oʼquv kursi boshlanganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ham ma’lum qilgan edik. Hozirda o’quv kurslari an’anaviy hamda onlayn tarzda davom ettirilmoqda.
Ushbu o’quv kurslarida jami bo’lib 6184 nafar tinglovchi ishtirok etishmoqda. Shundan 6019 tasi siyosiy partiya vakillari bo’lsa, 165 tasi OAV vakillaridir.
O’quv kurslarining faoliyati 2021-yilning mart-may oylarida davom etishi belgilangan. Jumladan, unda 4 xafta 160 soatlik darslar o’tiladi. Shundan, 72 soati auditoriyada, 88 soati masofaviy shaklda bo’lib o’tadi.
Jarayon davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning ahamiyati, saylov kampaniyasi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, saylov tizimi va prinsiplari, saylov kodeksiga kiritilgan o’zgarish hamda qo’shimchalarning mazmun-mohiyati kabi masalalar muhokama qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain








