Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalarini tarmoq korxonalari va hokimliklarga namoyish qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligida “Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish forumi” tashkil etildi.
Forumda Samarqand davlat chet tillar institutidan iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi boshligʼi B.Nurmuhammedov, Roman-german tillari fakultetining ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʼyicha dekan oʼrinbosari O’.Burxonov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʼyicha dekan oʼrinbosari N.Daminovlar oʼzlarining “Аudio ertаklаr” loyihasi bilan ishtirok etishdi.
Loyihaning bugungi kun talabiga mosligi, maktabgacha taʼlim muassasalarida va boshlangʼich taʼlimda xorijiy tillarni oʼrganishga boʼlgan qiziqishning koʼpligi qolaversa etishida nuqsoni bor bolalar uchun “surdo” koʼrinishga ega boʼlgan ushbu loyiha uch tomonlama shartnoma (Samarqand viloyati hokimligi (moliyalashtiruvchi), ijrochi (Samarqand davlat chet tillar instituti), Muvofiqlashtiruvchi (Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi)) bilan imzolandi.
Institutimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori Sh.Аshurov, Samarqand viloyat hokimligining mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarni kengaytirish masalalari boʼyicha yordamchisi N.Ibragimov, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʼrinbosari Sh.Turdiqulovalar tomonidan “Аudio ertаklаr” loyihasi imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




