Joriy yilning 4-mart kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 7-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi va unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

— Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Hayʼat yigʼilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

— SamDCHTI akademik litseyida oʼquv-uslubiy, maʼnaviy-marifiy va ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish;

— Qoʼshma taʼlim dasturlari boʼyicha taʼlim olayotgan talabalar uchun oʼquv jarayonining tashkil etilishi holati;

— Institut axborot resurs markazi faoliyati;

— Institutda byudjet hamda byudjetdan tashqari mablagʼlar topish va undan samarali foydalanish holati;

— Fakultetlarda talabalar davomati va tartib-intizomi;

— Talabalar oʼrtasida diniy aqidaparastlik, giyohvandlik, odam savdosi va OITS kabi illatlarga qarshi kurashish boʼyicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli;

— Professor T.Bushuy va dotsent F.Roʼziqulovlar tomonidan tayyorlangan “LANGUAGE AND NATION” nomli monografiyani nashrga tavsiya etish;

— Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti B.Turniyozovning hujjatlarini OАKga taqdim etish;

Shuningdek, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi Laylo O’sarova filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni, “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Yunus Xoliqovlar  falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganliklari uchun kompyuter hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Yig’ilish davomida “Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti”, “Ingliz tili va adabiyoti”, “Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti”, “Pedagogika va psixologiya”, “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” hamda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedralari mudirlari kafedralar reytingida yuqori ball olganliklari uchun 43 dyumli “LED TV” rusumli televizorlari hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 17:25:00 100