O’zR Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda 2021-yil 19-yanvar kuni Prezident rahbarligida o’tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor majlisi 3-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida OTMlar professor-o’qituvchilari o’rtasida “Sport bilan og’usiz hayot” shiori ostida bir nechta sport musobaqalari o’tkazilishi belgilandi.
Shu munosabatda bugun, joriy yilning 23-mart kuni Samarqand shahrida viloyat oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari o’rtasida “Do’stlik spartakiadasi” bo’lib o’tdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari hamda ishchi xodimlaridan iborat jamoa faxrli 2-o’rinni egalladi.
Eslatib o’tamiz, ertaga, 24-mart kuni sportning “Shaxmat”, “Stol tennisi” va “Basketbol” turlaridan xuddi shunday musobaqalar bo’lib o’tadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




