Sportning ommaviyligini oshirish, talabalar sporti bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Xalqaro universitetlar sport federatsiyasi va O‘zbekiston talabalar sporti assatsatsiyasining murojaatiga muvofiq 2018-yil 18-sentabr kuni institut rahbar-xodimlari va talabalar ishtirokida 20-sentabr –“Xalqaro talabalar sporti kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov, ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Sh.Suyunov, “Talaba sporti” klub raisi J.Samatov, institut salomatlik markazi vrachi Y.Sattarova, institut psixologi Z.Oripov, jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari hamda roman-german tillari fakulteti talabalari qatnashdilar.

Tadbirda institut talabalari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Matbuot kotibi: A.Abduraimov

Share:
2018-09-19 10:45:00 83