2021-yilning 31-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining “Uzoq sharq tillari” kafedrasi tomonidan “23-yapon tili notiqlik san’ati” mavzusida tanlov o‘tkazildi.

Unda 8 nafar tanlov ishtirokchilari, professor-o’qituvchilar, talabalar hamda barcha qiziquvchilar ishtirok etishdi. Jumladan, “Ipak yo’li” xalqaro turizm universiteti professori Chiharu Tsurutani xonim hamda SSST xalqaro turizm firmasi menejeri Mori Kana xonimlar tanlovda hakamlik qilishdilar.

Tanlov natijalariga ko’ra Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining birinchi bosqich talabasi T.Mavlanov 1-o’rinni, uchinchi bosqich talabasi L.Axadova 2-o’rinni, ikkinchi bosqich talabasi H.Olimjonova 3-o’rinni egalladilar.

Yuqorida ismlari keltirilgan institutning 3 nafar talabalari joriy yilning aprel oyida bo’lib o’tadigan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-31 19:35:00 117