IT-Park Samarqand filiali hamda Samarqand davlat chet tillar instituti oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolangani to'g'risida avval ham xabar bergan edik. 

Bugun, 6-may kuni hamkorlikda imzolangan memorandumga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi, jumladan, startap loyihalariga qiziquvchi talaba-yoshlar bilan IT-Park Samarqand filiali startaplar bo'yicha menejer A.Suyarov  "Startap nima?", "Talaba sifatida  g'oyani qanday qilib reallikgacha olib borish mumkin?", "G'oya uchun pulni qanday jalb qilish mumkin?", "Biznes motivatsiya" kabi mavzularda ZOOM dasturi orqali onlayn seminar-trening oʼtkazildi. 

Jarayon davomida talaba-yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblarga, shuningdek, gʼoyani startapgacha olib chiqish bosqichda e'tibor qaratiladigan jihatlar toʼgʼrisida kerakli maʼlumotlarga ega boʼlishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-06 18:05:00 119