“Intellekt” gazetasi ijtimoiy-ta’limiy, madaniy-ma’rifiy nashr bo‘lib, yurtimizda ro‘y berayotgan davriy o‘zgarishlar, ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimi, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va boshqalar yuzasidan turkum materiallar chop etishga ixtisoslashgan.
Gazeta sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash borasidagi olib borayotgan siyosati, ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning she’rlari, hikoyalari, maqolalari hamda tarjimalari kabi ijodiy ishlari muntazam ravishda chop etiladi. Gazetxonlarning ma’naviy dunyosini boyitish, bilim doirasini kengaytirish, milliy-axloqiy ma’rifiy tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan maqolalar, suhbatlar, intervyu, savol-javoblar hamda talabalar hayotidan rang-barang materiallar ham chop etib boriladi.
Jumladan, gazetxonlarni xorij adabiyoti va san’ati namoyondalarining hayoti va ijodi bilan tanishtirib boruvchi, adabiyot, tasviriy san’at, musiqa va kino sohasidagi yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan iste’dodli yoshlar ijodini keng targ‘ib qiluvchi, yosh ijodkorlarni badiiy tarjimaga o‘rgatish maqsadida tarjima san’atiga doir, taraqqiyot va yuksalish borasidagi yutuqlar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan insonlar, Vatanimiz fidoyi farzandlarining namunali xizmatlarini tarannum etadigan turkum maqolalar xolisona yoritiladi.
Ushbu bo’limda gazetaning elektron shakli muntazam joylashtirib boriladi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain

