Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari mahallalar bilan hamkorlikda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra-suhbatlari hamda uchrashuvlar muntazam ravishda o’tkazib kelishmoqda.
Shu munosabatda bugun, 24-may kuni institut jamoasi Qo’shrabot tumanidagi “Chimmos” mahallasiga borishib, mahallalar raislari va fuqarolari bilan uchrashishdi. Uchrashuv doirasida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hamda 5 muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ’ibotini o’tkazishdi.
Shuningdek, nizoli oilalar vakillari bilan suhbatlar o’tkazildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar o’rganilib, tahlil qilindi. Mahallalarda istiqomat qilayotgan o’quvchi-yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishga, ta’lim olishga qiziqtirish ishlari olib borildi.
Jumladan, jarayon so’ngida mahallalardagi faol hamda tashabbuskor fuqarolar Qo’shrabot tuman hokimligi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







