Xabaringiz bor, Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan Samarqand iqtisodiyot kolleji bino va inshootlari, tegishli hududi Samarqand davlat chet tillar instituti balansiga o‘tkazilgan.
Hozirda mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish va joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilganligi to’g’risida ommaviy axborot vositalarida bir necha bor yoritildi.
Bugun, 29-may kuni ushbu hududda 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur samarali ishning muvaffaqiyatli davom etishi maqsadida qo’y so’yilib, yig’ilganlar yuziga fotiha duosi tortildi.
Jumladan, mana shunday istiqbolli rejalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning zamon talablariga mos jihozlangan o‘quv xonalarida ta’lim olishlariga imkon yaratishdir.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





