Joriy yilning 14-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetining yillik hisoboti tinglandi. Jarayon davomida fakultet dekani bilan birgalikda “Ingliz tilining integrallashgan kursi”, “Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti”, “Ingliz tili nazariy aspektlari”, “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” hamda “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedralari mudirlari tomonidan 2020/2021-o‘quv yilida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, o‘quv hamda ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar, jumladan, davlat rahbarining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosining amalda bajarilishi sarhisob qilindi.

Fakultetning yillik hisobotini tinglash jarayonida institut rektori va prorektorlari tomonidan fakultet, shuningdek, kafedralarning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va kelgusi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zlarining tavsiyalarini, takliflarini berishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-07-14 20:55:00 121