Bugun, joriy yilning 18-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasining Prezidentlik saylovi jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning oktabr oyida bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasining Prezidentlik saylovi doirasida tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qiladigan Samarqand davlat chet tillar institutining 130 nafardan ortiq o‘qituvchilari guruhi shakillantirilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Tarjimonlar guruhi ingliz, rus, nemis, fransuz, italyan, ispan, yapon, koreys, xitoy va arab tillari bo’yicha shakllantirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain










