“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o’tkazilayotgan ushbu xayrli tashabbusda Samarqand davlat chet tillar instituti Akademik litseyi jamoasi ham o’zlarining faolligini namoyon etishmoqda.
Jumladan, litsey jamoasi daraxtlarni oqlash va tagini yumshatish, ochiq maydonlarga daraxt ko‘chatlarini ekish, o‘quv binolari hovlilarini obodonlashtirish, o‘quv xonalarini ozoda holatga keltish, ochiq maydonlarni yumshatib, gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarni amalga oshirishmoqda.
Hashar tadbirlari hali davom etmoqda…
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







