Joriy yilning 6-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili-I fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari pedogogik amaliyotga chiqishi munosabati bilan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bitiruvchi bosqich talabalariga pedagogik amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.

Jumladan, pedagogik amaliyot jarayonida talaba ta’lim muassasasi an’analari bilan tanishishdan tashqari, ilg‘or o‘qituvchilarning ish-tajribasini o‘rganishi, o‘quv va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishi, ahamiyatlisi, darsda qo‘llaniladigan darslik hamda metodik qo‘llanmalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishi lozim.

Shu bilan bir qatorda sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish, uni o‘tkazish, o‘quvchilarning to‘garaklariga rahbarlik qilish, iste’dodli o‘quvchilar bilan ishlash va ularning fanga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yo‘llarini o‘rganishdan iborat.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-06 14:50:00 117