Samarqand davlat chet tillar institutida 2006-yildan buyon xalqaro yozgi maktab faoliyati muvaffaqiyatli tashkil etilib kelinmoqda. Kelgusida, ya’ni 2022-yildan boshlab xalqaro qishki maktablar  faoliyatining yo’lga qo’yilishi ham ko’zda tutilmoqda.

Jumladan, 2014, 2016, 2018 va 2019-yillarda yozgi maktablar Germaniyaning Humboldt universiteti professorlari bilan hamkorlikda tashkil etilib borildi.

Bugun, 6-sentabr kunida AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Angliya kabi davlatlardan kelgan 17 nafar xorijlik talabalar Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda o’quv kurslarini davom ettirishni boshladi.

Institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ushbu xorijlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi va institut faoliyati, xorijliklar uchun yaratilgan imkoniyatlar, professor-o’qituvchilar va talabalar to’g’risida qisqacha tushuncha berib o’tdi hamda xorijlik talabalarning Samarqanddagi faoliyatida omad yor bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

Xalqaro yozgi maktabda xorijlik talabalar O‘zbekistonning boy tarixini, madaniy me’rosini, arxitekturasini, O‘zbekistonda yashab kelayotgan o‘zbek, qoraqalpoq, tojik, rus va boshqa 100 ga yaqin turli millatlarning urf-odatlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-06 17:05:00 116