Rektor dars jarayonining kirish qismida institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni oʼqitishda kredit-modul tizimidan foydalanish, elektron kutubxona hamda dars mashgʼulotlarining qay holatda olib borilishi xususida alohida taʼkidladi.
Ilk “Mustaqillik darsi”ning institut rektori tomonidan boshlab berilganligi talabalarda yangi bilimlarni egallashga bo’lgan ishonch uyg’otib, o’z maqsadlari yo’lida yangicha kuch-g’ayrat to’plashida tom ma’noda dasturilamal vazifasini o’taydi, desak mubolag’a emas.
Institut rektori dars mashg’uloti so’ngida oliy taʼlim ostonasida turgan talabalarning kelgusidagi oʼqish va ishlariga ulkan zafarlar tiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain






