Bugun, 17-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi jamoasi hamkorlikda metodik ko’mak berib kelayotgan Kattaqo'rg'on tumanidagi 25-sonli ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabiga borishdi.

Kafedra jamoasi maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazishdi, shuningdek, bitiruvchi sinf o'quvchilaridan kasbga yo'naltirishga oid va maktabning fransuz tili o'qituvchilaridan fransuz tili bo'yicha testlar olishdi.

Ushbu tashkil etilgan tadbirning boshqa tadbirlardan farqli tomoni fransiyalik fransuz tili mutaxassisi Emma Jeromning ishtirok etgani bo’ldi. U jarayon davomida maktab o’qituvchilari bilan o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish borasida o’z fikrlarini o’rtoqlashdi.

Uchrashuv so’ngida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, amaliy ishlar hamda mazkur maktabda tahsil olayotgan o’quvchilarning ta’lim olishdagi tajribasini oshirish borasida yo’l xaritalari belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-17 19:30:00 115