Ushbu tashkil etilgan badiiy kechada Jamoat xavfsizligi universiteti professori T.Saidaliyev, Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori O.G‘aybullayevlar so‘zga chiqib, adibning boy o'tmishi, butun dunyoga mashhur chuqur falsafiy ijodlari qatoridagi "Insoniylik mulki"," Shaytanat" va "So‘nggi o‘q" asarlari va ular asosida ishlangan videofilmlar haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.
Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti talabalari va 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlagan bir qator ko'tarinki ruhdagi sahna ko’rinishlari, jumladan, sharq xalqlarining milliy raqs va kuy-qo'shiqlari hamda badiiy sahna asarlari tomoshabinlarga havola etildi.
Tadbir so‘nggida mehmonlar o‘zlarining badiiy kecha haqidagi mulohazalarini aytish bilan bir qatorda o‘zbek adabiy muhitining shakllanishida yozuvchi Tohir Malikning ham o’ziga xos o’rni borligini alohida ta’kidlab o’tishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain












