Samarqand davlat chet tillar institutining “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yo’nalishida talabalar uch yil tahsil olishadi. 2021/2022 o’quv yilida ushbu yo’nalishda tahsil oluvchi 3-bosqich talabalari bitiruvchi bosqich talabalari hisoblanib, ular sohaning mukammal mutaxassisi bo’lib chiqishlarida ko’maklashish maqsadida turizm firmalaridan tajribali xodimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda.

21-sentabr kuni ana shunday uchrashuvlardan biri “Silk rood distiration” firmasining rahbari Ravshan To’raqulov ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuv davomida Ravshan To’raqulov talabalarga o’zining tajribasini bo’lishdi, “Silk rood distiration” firmasining to’liq faoliyati haqida ma’lumot berib o’tdi, shuningdek, turistlarning oldida gidlarning mas’uliyati, majburiyati, etikasi kabilar to’g’risida tushunchalar berdi.

Jumladan, gidlik hamda tarjimonlik sohasini tanlaganlar mukammal bilimga ega bo’lishi lozimligi, Vatanining tarixini, urf-odatlarini, tarixiy obidalari hamda keng tarmoqli sohalarni a’lo darajada bilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-09-22 10:10:00 128