Bugun, 22-sentabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashida viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi.
Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga “Adolat” SDPdan ko‘rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Muhiba Bababekova partiyaning saylovoldi dasturlari to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Brifing Samarqand viloyatida Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kuch-adolatda!”, “Adolat – har bir inson uchun!” shiorlari ostida davom etdi.
— Bizning maqsadimiz adolatli jamiyat va adolatparvar davlat qurish! Uning huquq va erkinliklarini ta’minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash, erkin va adolatli jamiyat barpo etish, – deydi Samarqand viloyatidagi ishonchli vakil Muhiba Bababekova. – Adolat va qonun ustuvorligi uchun partiyamiz faoliyatining yana bir ustuvor yo‘nalishi jinoyatchilikka, poraxo‘rlikka, tamagirlikka, zo‘ravonlikka qarshi murosasiz kurashishdir.
Asilbek Abduraimov, “Intellekt” gazetasi muxbiri.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







