Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida oʼtkazilgan yigʼilishda bergan topshiriqlari boʼyicha 20-sonli bayonining 120-bandiga asosan 2021/2022 oʼquv yilida institutning Narpayda hamda Payariqda “Xorijiy tillar” fakultetlari tashkil etildi.
Ushbu fakultetlarda “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” va “Maktabgacha va boshlangʼich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyildi.
Narpay “Xorijiy tillar” fakultetiga kunduzgi taʼlim shakli boʼyicha 75 nafar qabul kvotasi ajratildi. Jumladan, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) taʼlim yoʼnalishiga – 50 nafar, Maktabgacha va boshlangʼich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili) taʼlim yoʼnalishiga – 25 nafar. Oʼtkazilgan test sinovlari natijalariga koʼra mazkur fakultetga oʼqishga kirish niyatidagilarning 80 nafari talaba boʼlish baxtiga muyassar boʼldi.
Fakultetda yangi oʼquv yiliga munosib tayyorgarlik koʼrish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilindi. Jumladan, fakultetning oʼquv-metodik taʼminoti yaxshilandi, tasdiqlangan malaka talablari asosida oʼquv reja va oʼquv dasturlar ishlab chiqildi, professor-oʼqituvchilarning oʼquv yuklamasi aniqlandi, professor-oʼqituvchilar tarkibi shakllantirildi, oʼquv jarayonlari joriy yilning 6-sentabridan oʼqitishning kredit-modul tizimi asosida tashkil etildi. Аyni paytda tasdiqlangan dars jadvallari asosida oʼquv mashgʼulotlari olib borilmoqda.
Narpay “Xorijiy tillar” fakultetida yangi oʼquv yilini munosib boshlash uchun 6 ta o’quv xonalari toʼliq taʼmirdan chiqarildi. O’quv xonalari barcha zaruriy oʼquv jihozlari, shu jumladan, oʼquv partalari, doska va televizorlar bilan jihozlandi. Fakultetni oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida institut Аxborot resurs markazi fondidan 403 dona oʼquv adabiyotlari ajratildi. Fakultetda kompyuter sinfi ham tashkil etilib, 18 dona zamonaviy kompyuter bilan taʼminlandi va ularni internet tarmogʼiga ulash uchun Wi-Fi qurilmasi oʼrnatildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain















